Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng yaxshi pasporti aniqlandi

Dunyoning eng yaxshi pasporti aniqlandi

Nomad Capitalist immigratsiya konsalting kompaniyasi tomonidan berilgan Nomad Passport Index reytingida Lyuksemburg pasporti birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Rambler xabar bermoqda.

Ushbu pasport egalari vizasiz eng ko‘p mamlakatlarga tashrif buyurishlari, shuningdek, dunyodagi eng ilg‘or tizimlardan biri bo‘yicha soliq to‘lashlari mumkin. Lyuksemburg fuqarolari ikkinchi fuqarolikni ham olish va qo‘shimcha shaxsiy erkinliklardan foydalanish imkoniga ega. Masalan, mamlakatda majburiy harbiy xizmat yo‘q.

Shvetsiya pasporti egalari vizasiz 188 davlatga, Lyuksemburg pasporti egalari esa 189 davlatga tashrif buyurish imkoniyati tufayli birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, 10 ta eng yaxshi pasportlar qatoriga Irlandiya, Belgiya, Shveysariya, Finlyandiya, Portugaliya, Chexiya, Niderlandiya va Singapur pasportlari ham kirdi.

Nomad Capitalist mamlakatlarni quyidagi mezonlarga ko‘ra saralagan:

  • pasport egalari vizasiz bora oladigan davlatlar soni (yetakchilar Yaponiya va Singapur — 192 ta davlat; Afg‘oniston fuqarolari esa 26 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin);
  • soliqqa tortish tizimi (AQSh kamida 10 ball oldi, chunki fuqarolar qayerda yashashidan qat’i nazar soliqlar undiriladi; fuqarolar uchun soliq to‘lamaydigan Vanuatu mamlakati yuqori ballni oldi);
  • ikkinchi fuqarolikka ruxsat va qo‘shimcha shaxsiy erkinliklar bergan davlatlar (majburiy harbiy xizmatning mavjudligi ham hisobga olingan).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring