Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Durov: Fransiya Moldovaga Telegram-kanallarni senzura qilishda yordam berishni so‘radi

Durov: Fransiya Moldovaga Telegram-kanallarni senzura qilishda yordam berishni so‘radi

© AP Photo / Roman Kulik

Telegramga bo‘lgan har qanday bosim o‘tkazish urinishini oshkor qilishda davom etaman – Durov.

Telegram ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Pavel Durov bir yil oldin Fransiya maxsus xizmatlari vositachi orqali undan Moldova hukumatiga ushbu mamlakatda prezidentlik saylovlari oldidan messenjerdagi ayrim kanallarni senzura qilishda ko‘maklashishni so‘raganini ma’lum qildi.

Shuningdek, xabarda Telegram Fransiya va Moldova rasmiy idoralari tomonidan ko‘rsatilgan kanallarni tekshirgandan so‘ng, ularning bir nechtasi haqiqatan ham platformaning ichki qoidalarini buzgani aniqlangan va o‘chirib tashlangani aytiladi.

"Keyin vositachi menga ushbu hamkorlik evaziga fransuz razvedkasi go‘yoki o‘tgan yilning avgust oyida meni qamoqqa olish uchun order bergan sudyaga men haqimda “ijobiy fikr bildirishi”ni aytdi”, – deb ma’lum qildi u.

Durov bunday taklifni mutlaqo nomaqbul deb hisoblaganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar razvedka haqiqatan ham sudyaga ta’sir o‘tkazishga uringan bo‘lsa, buni sud jarayoniga aralashish deb baholash mumkin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Telegram jamoasi Moldova "muammoli" kanallarining ikkinchi ro‘yxatini olgan. Biroq, birinchisidan farqli o‘laroq, galdagi ro‘yxatdan o‘rin olganlar qonunga xilof ish qilgan. Har ikki ro‘yxatdagilarni faqat Fransiya va Moldova hukumatiga yoqmaydigan siyosiy qarashlarni ifoda etishi birlashtirib turgan.
 
Shunga qaramay, platforma asoschisi fransuz razvedkasi so‘rovini bajarmagan va so‘z erkinligi tamoyillariga sodiq ekanligini ma’lum qildi.
 
"Biz kontentni siyosiy sabablarga ko‘ra o‘chirib tashlamaymiz. Platformamizni senzura qilish maqsadida Telegramga bo‘lgan har qanday bosim o‘tkazish urinishini oshkor qilishda davom etaman”, – dedi u.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring