Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Durov Luvrdan o‘g‘irlangan buyumlarni sotib olmoqchi

Durov Luvrdan o‘g‘irlangan buyumlarni sotib olmoqchi

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Parijdagi Luvr muzeyida yuz bergan o‘g‘irlikka munosabat bildirib, bu holatni Fransiya davlatining inqirozga duch kelayotganidan darak sifatida baholadi.

«Luvrda sodir bo‘lgan o‘g‘irlik men uchun umuman ajablanarli emas. Bu — bir paytlar buyuk bo‘lgan mamlakatning kechirayotgan tanazzulining yana bir qayg‘uli belgisi. Bu yerda hukumat haqiqiy muammolarga qarshi kurashish o‘rniga, odamlarni uydirma xavf-xatarlar bilan chalg‘itish san’atiga ko‘proq e’tibor qaratyapti», – deb yozadi Durov.

Durov ushbu voqeani faqat madaniy talafot emas, balki Fransiya davlat tizimlaridagi zaiflik, xavfsizlikka e’tibor susaygani va jamiyatdagi ishonch pasayishi ortidan kelgan oqibat sifatida ko‘rsatadi.

U, shuningdek, Luvrda o‘g‘irlangan buyumlarni sotib olishini aytib, istehzo ham qilgan.

«O‘g‘irlangan zebu-ziynatlarni sotib olishga va ularni Luvrga qaytarib berishga tayyorman. Albatta, men Abu-Dabidagi Luvrni nazarda tutyapman. Chunki u yerdan hech kim hech narsa o‘g‘irlay olmaydi», – deydi Durov.

Eslatib o‘tamiz, 19-oktyabr kuni noma’lum shaxslar Parijdagi Luvr muzeyiga ishchi qiyofasida kirib, Appolon galereyasidan Napoleon davriga tegishli qimmatbaho zeb-ziynatlardan va 9 ta tarixiy eksponatni o‘g‘irlab ketishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring