Dushanbeda har ehtimolga qarshi xavfsizlik kuchaytirildi

Dushanbeda Tojikistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalarini e’lon qilish paytida xavfsizlik choralari kuchaytirildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Agentlik muxbirining so‘zlariga ko‘ra, shaharning markaziy ko‘chalarida patrul xodimlari xizmat olib borishmoqda. Respublika MSK matbuot markazi joylashgan binoga yaqin joyda joylashgan kafe va restoranlar vaqtincha yopilgan. Shuningdek, hukumat binolari va odamlar gavjum joylar yoniga maxsus texnikalar joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonning amaldagi prezidenti Imomali Rahmon saylovlarda 90 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab g‘olib bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter