Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yeb ketarlar Amerikada ham bor: «Tramp devori» qurilishi pullarini o‘zlashtirib yuborgan sobiq maslahatchi qo‘lga olindi

Yeb ketarlar Amerikada ham bor: «Tramp devori» qurilishi pullarini o‘zlashtirib yuborgan sobiq maslahatchi qo‘lga olindi

Foto: «Business Insider»

AQShda korrupsion mojaro yuzaga keldi: «The Financial Times» aniqlik kiritishicha, bu voqealar markazida Donald Trampning sobiq maslahatchisi Stiven Bennon turibdi.

Oq uy sobiq «bosh strategi» Meksika bilan chegarada «Tramp devori» qurilishiga xayriya qilingan pullarni o‘zlashtirib yuborganlikda ayblanmoqda.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerda gap aldanib qolgan yuz minglab amerikaliklar (va ularning pullari) haqida ketyapti. Bennonga qo‘shib yana uch shaxsga qarshi surishtiruv boshlangan. Tramp oilasi ushbu firibgarlik o‘yinidan bexabar ekanini bildirdi, deb yozmoqda «The Huffington Post».

Prezident Trampning muhojirlarga qarshi siyosati o‘laroq, Meksika bilan o‘rtada devor qurish g‘oyasi boshidanoq yaxshi kutib olinmagandi, ayniqsa, ulkan qurilishni moliyalashtirish masalasi «osilib» qoldi. Xususan, Pentagon budjetidan umidvor bo‘lgan Trampning rejasi chippakka chiqqach, devor qisman nodavlat pullariga qurilmoqda. Bularni esa yeb ketuvchilar topilgan...

Eslatib o‘tamiz, Stiv Bennon prezident maslahatchisi lavozimidan 2017-yilda ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring