Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Efiopiyadagi qirg‘inda 200 dan ziyod odam halok bo‘ldi

Efiopiyadagi qirg‘inda 200 dan ziyod odam halok bo‘ldi

Foto: EPA/UPG

Efiopiyaning g‘arbiy Benishangul-Gumuz tumanida shu hafta davomida 200 dan ziyod inson bosqinchilar hujumi qurboni bo‘ldi. Bu haqda «Reuters» Qizil xoch xalqaro tashkilotiga asoslanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hududda etnik qirg‘inlar tez-tez yuz berib turadi.

Volontyor Melese Mesfin ma’lumot berishicha, qurolli hujum oqibatida mahalliy aholi vakillaridan 207 nafari, bosqinchilardan 15 nafari halok bo‘lgan.

Qurolli hujum uyushtirganlarning shaxslari aniqlanmagan.

Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad nizo hududiga ertasi kuni federal qo‘shinni yuborgan. Harbiylar qishloqqa hujum uyushtirishda gumon qilingan 42 nafar qurolli shaxsni o‘ldirishgan.

Eslatib o‘tamiz, Efiopiya markazidagi Oromo shtatida bir oy davom etgan harbiy amaliyot davomida 370 nafar isyonchi o‘ldirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring