YI sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi: navbat kompaniyalar rahbarlariga

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi, deb xabar berdi BBC.
Qora ro‘yxatga asosan Rossiyadagi yirik kompaniyalarning rahbarlari kiritilgan. Xususan:
- Mixail Poluboyarinov — «Aeroflot» bosh direktori;
- Mixail Oseyevskiy — «Rostelekom» prezidenti;
- Aleksandr Vinokurov — Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning kuyovi;
- Dmitriy Pumpyanskiy — «Trubnaya metallurgicheskaya kompaniya» (TMK) rahbari;
- Vladimir Kiriyenko — «VKontakte» (VK) bosh direktori;
- Sergey Kulikov — «Rosnano» rahbari.
Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan rossiyalik va belaruslik tadbirkorlar va amaldorlarning to‘liq ro‘yxati YIning rasmiy jurnalida e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter