Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeK rahbari Yevropa kengashi binosini tark etdi

YeK rahbari Yevropa kengashi binosini tark etdi

FOTO: «AP Photo/Olivier Matthys, Pool»

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqining 27 ta davlati rahbarlari yig‘ilgan Yevropa kengashi binosidan chiqib, izolyasiyaga ketdi. Bu haqda uning o‘zi Twitter-akkauntida yozib qoldirdi.

Lyayenning so‘zlariga ko‘ra, idorasidagi xodimlardan birida koronavirus aniqlanganini u ertalab bilgan.

«Tahlil natijalarim manfiy chiqdi. Biroq ehtiyotkorlik yuzasidan o‘zimni izolyasiyaga olish uchun Yevropa kengashi binosini zudlik bilan tark etaman», — deb yozgan Yevrokomissiya rahbari.

Ma’lumot o‘rnida. 2019-yil 16-iyul kuni Ursula fon der Lyayen Yevropa ittifoqining ijroiya organi sanalgan Yevropa komissiyasi prezidentligiga saylandi. U Yevrokomissiya rahbarligiga saylangan birinchi ayol arbob sifatida tarixda qoldi. Bunga qadar u olti yil davomida Germaniya mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan. Uning nomzodini Yevroparlamentning 751 deputatidan 383 nafari qo‘llab-quvvatlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring