Ekvador Assanjning sherigini ozodlikka chiqardi
Ekvador sudi «WikiLeaks» asoschisi Julian Assanjning safdoshi — shvetsiyalik dasturchi Ola Binini ozodlikka chiqardi. Bu haqda «Regnum» sayti «El Comercio» nashriga asoslanib xabar berdi.
Biniga qayerda ekanini bildirib turish uchun har hafta sudga kelib-ketish majburiyati yuklangan.
Ola Bini Julian Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasi binosini tark etgan kuni, 11-aprelda hibsga olingan edi. Bu paytda u Ekvador poytaxti Kito aeroportidan Yaponiyaga uchib ketishga chog‘langan edi.
Ekvador hukumati Binining allaqanday «rossiyalik xakerlar» bilan tili bir degan gumonda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter