Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

El-Nino boshlanmoqda: Yerda eng issiq kun qayd etildi

El-Nino boshlanmoqda: Yerda eng issiq kun qayd etildi

Foto: EPA

Meteorologlarning xabar berishicha, 2023 yil 3 iyul, dushanba tarixdagi eng issiq kun bo‘ldi – o‘sha kungi butun sayyoradagi o‘rtacha harorat yetti yil oldin o‘rnatilgan rekordni yangiladi.

AQShning «Atrof-muhitni prognozlash milliy markazlari» davlat agentligi olimlari tomonidan e’lon qilinishicha, 3 iyul kuni o‘rtacha global harorat Selsiy bo‘yicha 17,01 darajaga yetdi. 2016 yilning avgustida qayd etilgan avvalgi rekord 16,92 daraja edi.

Olimlarning fikricha, parlanish tufayli umumiy iqlim o‘zgarishi va El-Nino tabiiy hodisasining boshlanishi hozirda yangi harorat rekordlarini o‘rnatishga olib keladi.

Bu yil Ispaniyada va ko‘plab Osiyo mamlakatlarida bahorgi rekord issiqlik kuzatildi, keyin dunyo okeanining turli qismlarida, masalan, Shimoliy dengizda suv haroratining anomal ko‘tarilishi kuzatildi. Iyun oyida rekord darajadagi issiqlik Xitoyning shimoli-sharqini qamrab oldi: Pekinda 60 yil ichida birinchi marta 41+ qayd etildi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Antarktidada, Ukrainaning «Akademik Vernadskiy» stansiyasida iyul oyida yangi rekord qayd etilgan – Selsiy bo‘yicha plyus 8,7 daraja. Antarktidada hozir qish. To‘g‘ri, Ukraina stansiyasi Janubiy qutbdan ancha uzoqroqda joylashgan.

Olimlarning aniqlik kiritishicha, 3 iyul kuni 1979 yildan beri ob-havoning sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatilishi boshlanganidan beri eng issiq kun bo‘lgan. Ammo ular bu XIX asr oxiridan beri olib borilgan muntazam ilmiy kuzatishlar tarixida ham rekord ekanligiga aminlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring