Ellik yildan keyin jahon iqtisodiyoti qay ahvolda bo‘lishi prognoz qilindi

AQShning Goldman Sachs investitsiya banki prognozlariga ko‘ra, 2075-yilga borib Hindiston iqtisodiyoti nafaqat Yaponiya va Germaniyani, balki AQShni ham ortda qoldirib, dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqadi va Xitoyga yaqinlashadi.
GS tahlilchisi Santanu Senguptaning fikricha, 52 yildan keyin iqtisodiyot hajmi:
- Xitoyniki 57 trillion dollarga yetadi;
- Hindiston - 52,5 trillion dollar;
- AQSh — 51,5 trillion dollar;
- Yevropa Ittifoqi — 30,3 trillion dollar;
- Yaponiya - 7,5 trillion dollar.
Dunyoning ko‘plab yetakchi korporatsiyalari o‘z ishlab chiqarishlarini Xitoydan Hindistonga o‘tkazishni allaqachon boshlagan, bu esa Hindiston sanoatini, jumladan, yuqori texnologiyalarni sezilarli darajada rag‘batlantiradi.
Rossiya va Markaziy Osiyo iqtisodiyoti qay ahvolda bo‘lishi Goldman Sachs prognozida tilga olinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter