Emomali Rahmon prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ydi

Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi amaldagi davlat rahbari Emomali Rahmon nomzodini prezidentlikka ko‘rsatdi. Bu haqda «ASIA-Plus» xabar berdi.
Tojikistonda prezidentlik saylovi 2020-yilning 11-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Hozirgacha to‘rtta siyosiy partiya va Kasaba uyushmalari federatsiyasi o‘z nomzodlarini ilgari surgan.
Qo‘shni mamlakatda prezident 7 yilga saylanadi.
Amaldagi davlat rahbari — Emomali Rahmon 26 yil (1994-yil)dan beri Tojikistonni boshqaryapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter