Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Rossiya va Ukraina muzokaralari nega muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytdi

Erdo‘g‘on Rossiya va Ukraina muzokaralari nega muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytdi

Turkiyaning 2022-yil bahoridagi Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik muloqot o‘rnatishga urinishlari kerakli qo‘llab-quvvatlovni topa olmagani uchun muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Antaliyadagi diplomatik forumning rasmiy ochilish marosimida ma’lum qilgan.

«Mana, Antaliyada Istanbul tinchlik jarayoni boshlangandi. Keyin tinchlikka erishish umidlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Ammo, afsuski, kerakli yordam ko‘rsatilmagani tufayli sa’yi-harakatlarimiz zoye ketdi», — dedi Erdo‘g‘on va mojaroning «uchinchi yiliga kirgani» sababi sifatida muloqotning uzilishini ko‘rsatdi.

Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mojaro tomonlarini yarashtirish uchun tarixiy imkoniyat boy berilgan.

Erdo‘g‘on, shuningdek, mavjud xalqaro tizimni inqirozlar va harbiy mojarolarni hal qilishda samarasiz deb atadi va Suriya, Yaman, Liviya va Ukrainadagi harbiy amaliyotlarni misol qilib keltirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, «qoidalarga asoslangan ushbu tizimning yaroqli emasligi eng ko‘p G‘azoda yaqqol ko‘rinib turibdi» va BMT Xavfsizlik Kengashi va boshqa xalqaro institutlarni Falastin-Isroil mojarosini hal qilishda chora ko‘rmaganlikda aybladi.

Avvalroq Erdo‘g‘on Turkiya Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar maydoniga aylanishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring