Erdo‘g‘on saylovning ikkinchi bosqichida kim yutishini aytdi

Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 28 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonishiga ishonch bildirdi.
Bu haqda u o‘zining Tvitter sahifasida ma’lum qildi.
«28-may kuni 14-mayga nisbatan ko‘proq foiz ovoz olamiz va g‘alaba qozonamiz. Umid qilamanki, bu tarixiy natija bo‘ladi», — deb yozadi u.
Eslatib o‘tamiz, yakuniy natijalarga ko‘ra, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 49,51 foiz ovoz oldi.
Muxolifatchi Kamol Qilichdoro‘g‘li esa 44,88 foiz ovoz to‘pladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter