Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on yana bir muddatga prezidentlik uchun kurashishi mumkin

Erdo‘g‘on yana bir muddatga prezidentlik uchun kurashishi mumkin

Foto: RBK

Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yana bir muddat prezident bo‘lish uchun nomzodini ilgari surishi mumkin. U birinchi marta buni oshkora tan oldi.

Erdo‘g‘on 11-yanvar kuni Adolat va taraqqiyot partiyasi viloyat bo‘limlari qurultoyida so‘zga chiqdi. Sahnada prezident va taniqli turk xonandasi Ibrohim Totlisas o‘rtasida muloqot kechdi. Qo‘shiqchi undan bo‘lg‘usi prezident saylovida yana nomzodingizni qo‘yasizmi, deb so‘radi.

«Sen rozi bo‘lsang, men ham rozi», — dedi Erdo‘g‘on.

Shundan so‘ng Totlisas yig‘ilganlarga qarata dedi: «U bizga va’da berdi».

Agarda mamlakat parlamenti 2027-yilning ikkinchi yarmida muddatidan avval saylov o‘tkazish qaroriga kelsa, Erdo‘g‘on davlat rahbarligi uchun o‘z nomzodini yana ilgari surishi mumkin, degandi Turkiya prezidentining katta maslahatchisi Mehmet Uchum.

Amaldagi konstitutsiyaga muvofiq, davlat rahbari bu lavozimda qatorasiga ikki muddatdan ortiq o‘tirishi mumkin emas. Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘on 2023-yil may oyida ikkinchi besh yillik muddatga qayta saylangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring