Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerevanda qurollangan odamlar politsiya bo‘limiga bostirib kirdi

Yerevanda qurollangan odamlar politsiya bo‘limiga bostirib kirdi

Armaniston poytaxtida qurollangan odamlar politsiya bo‘limiga bostirib kirdi. Jarohatlanganlar haqida xabar berilgan.

Ayrim arman OAVlari voqea shahar shimolidagi Nor-Nork hududida sodir bo‘lgani, otishma va taxminan, granataning portlash ovozlari eshitilgani haqida yozdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlar bor. Shamshyan nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya bo‘limiga bostirib kirganlar «Jangovar birodarlik» tashkiloti a’zolari bo‘lishi mumkin. 

Bugun ertalab «birodar»larning 24 nafar a’zosi o‘q-dorilarni noqonuniy saqlashda gumon qilinib hibsga olingan edi. Qayd etilishicha, politsiya bo‘limiga bostirib kirganlar barcha mahbuslarni ozod qilishni talab qilmoqda. 

Yerevan politsiya bo‘limiga hujum qilgan uch nafardan ikki nafari jarotlangan va kasalxonaga yotqizilgan.

Armaniston politsiyasi matbuot kotibi Narek Sarkisyan qo‘lida granata bo‘lgan yana bir erkak bilani muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi. Ammo qurolli hujum uyushtirganlarning qaysi tashkilot a’zosi ekanligiga aniqlik kiritmadi.

Sarkisyan bugun qo‘lga olingan «Jangovar birodarlik» tashkiloti a’zolari qo‘yib yuborilganini aytdi.

Politsiya binosi o‘rab olingan, voqea joyiga maxsus kuchlar yetib kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring