Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerevandagi musobaqada Ozarbayjon bayrog‘i yoqib yuborildi. Rasmiy Boku musobaqada ishtirok etishdan bosh tortdi

Yerevandagi musobaqada Ozarbayjon bayrog‘i yoqib yuborildi. Rasmiy Boku musobaqada ishtirok etishdan bosh tortdi

Armanistondagi og‘ir atletika bo‘yicha Yevropa chempionatining ochilish marosimida Ozarbayjon bayrog‘iga o‘t qo‘yildi. Ozarbayjon terma jamoasi musobaqalarda qatnashishdan bosh tortgan.

Hodisa 14 aprel kuni turnirda ishtirok etuvchi mamlakatlar bayroqlari paradi vaqtida sodir bo‘lgan. Bayroqqa o‘t qo‘ygan shaxs dizayner Aram Nikolyan ekanligi aniqlandi. U hibsga olingan va politsiya bo‘limiga olib ketilgan.

Nikolyan Facebook’da e’lon qilgan videomurojaatida o‘z harakatini «Armaniston Respublikasi poytaxti Yerevanda Ozarbayjon bayrog‘i hilpiramasligini ta’minlash istagi» bilan izohlagan.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi voqeani qoralab, tashkilotchilar xavfsizlik kafolatlarini bergan bo‘lsada, bunday nafrat harakatlarini to‘xtatish uchun xavfsizlik choralarini ko‘rmaganidan xavotir bildirgan.

Shundan so‘ng rasmiy Boku o‘z terma jamoasini chaqirib olishga qaror qilgan,

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15-23 aprel kunlari Armaniston poytaxti Yerevanda og‘ir atletika bo‘yicha Yevropa chempionati bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring