Eron AQSh hujumlaridan keyin bayonot berdi

Eron AQSh hujumlaridan keyin ham yadroviy dastur rivojlanishni davom ettirishini aytmoqda.
Eron Atom energiyasi tashkiloti AQShning mamlakat yadroviy inshootlariga hujumi ortidan bayonot berdi.
“Dushman Amerika Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik doimiy nazoratida bo‘lgan ob’yektlarga qilingan hujum uchun mas’uliyatni kibermakon orqali o‘z zimmasiga oldi”, — deyiladi bayonotda.
Bayonotda tashkilot xalqaro hamjamiyat AQShning harakatlarini qoralab, Eronni qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirdi.
“Eron Atom energiyasi tashkiloti xalqni ishontiradiki, dushmanlarining yovuz fitnalariga qaramay, minglab olim va mutaxassislarning sa’y-harakatlari bilan bu milliy sanoatning rivojlanishini to‘xtatishga yo‘l qo‘ymaydi”, — dedi Eron.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat harbiylari Erondagi uchta yadroviy ob’yekt — Fordo, Natanz va Isfahonga havo hujumi uyushtirganini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter