Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron milliy valyutasidan to‘rtta nulni olib tashlaydi

Eron milliy valyutasidan to‘rtta nulni olib tashlaydi

Foto: Financial Times

Eron milliy valyutasini denominatsiya qilishga tayyorlanmoqda, deb xabar berdi Financial Times.

Mamlakat parlamentining iqtisodiyot qo‘mitasi qonun loyihasining asosiy qoidalarini ma’qullagan: riyoldan uning nomini saqlab qolgan holda to‘rtta nulni olib tashlash rejalashtirilmoqda. 1 yangi riyol 10 000 eski riyolga teng bo‘ladi.

Nullarni qisqartirish moliyaviy hisob-kitoblarni soddalashtirishi va banknotlar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, muomalaga mayda tanga — giron (1 yangi riyol — 100 giron) kiritiladi.

Besh yil oldin Eron parlamenti mamlakat pul birligini riyoldan tumanga o‘zgartirish loyihasini tasdiqlagan, 1 tuman 10 ming riyolga tenglashtirilishi rejalashtirilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring