Eron Pokiston va Afg‘oniston bilan chegarada devor qurishni boshladi
Eron Pokiston va Afg‘oniston bilan chegaradosh beshta viloyatda devor qurishni boshladi. Bu haqda Ehgtesaad 24 Eron chegara politsiyasi qo‘mondoni, brigada generali Ahmad Ali Gudarziyga tayanib xabar berdi.
Uning tushuntirishicha, devor xavfsizlik tahdidlarini kamaytirish va noqonuniy migratsiya va yoqilg‘i, giyohvand moddalar va tovarlar kontrabandasining oldini olish uchun kerak. U Afg‘oniston va Pokiston bilan chegarada to‘siqlar qurish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Eron atrofidagi siyosiy vaziyat keskinlashdi. Asosan «Hizbulloh» a’zolari tomonidan foydalanilgan peyjerlar va ratsiyalar 17 va 18-sentyabr kunlari Livanning turli hududlarida bir vaqtning o‘zida portlaganidan keyin Yaqin Sharqdagi vaziyat yana yomonlashdi.
Livan rasmiylari voqeada Isroilni aybladi. Shundan so‘ng, 19-sentyabr kuni Isroil armiyasi Livan hududiga havo hujumlarini boshladi. Isroilning Yaqin Sharqdagi keng ko‘lamli harakatlari oktyabr boshidan mamlakatning Eron tomonidan raketa zarbalariga uchrashiga olib keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter