Eron prezidenti halok bo‘lgan vertolyot haqida tafsilotlar paydo bo‘ldi
The Washington Post yozishicha, Eron prezidenti Ibrohim Raisiyni olib ketayotganda halokatga uchragan vertolyot (Bell 212) AQShda ishlab chiqarilgan.
«Bell 212 vertolyoti Vetnam urushi paytida foydalanilgan Huey harbiy vertolyotining fuqarolik maqsadlariga mo‘ljallangan versiyasi bo‘lib, butun dunyoda harbiylar va kompaniyalar tomonidan keng ishlatiladi», — deb yozdi gazeta.
Maqolada keltirilgan Skybrary aviatsiya ma’lumotlari bazasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu model ikki parrakli va ikki motorli, o‘rta turkumga mansub, 15 kishigacha olib uchuvchi vertolyot sanaladi.
Niderlandiyaning Scramble aviatsiya sayti ma’lumotlariga qaraganda, Eron harbiy-havo kuchlari ixtiyorida 5 ta Bell 212 vertolyoti bo‘lgan, halokatga uchragan vertolyot shularning biri edi. Shuning barobarida, Eron ro‘yxatida turgan Bell 212 vertolyotlarining o‘rtacha yoshi — 35 yil bo‘lib, mamlakatga qo‘yilgan xalqaro sanksiyalar tufayli ularga xizmat ko‘rsatish qiyinlashgan edi.
Ushbu vertolyotlarni 1960-yillardan ishlab chiqarishni boshlagan Bell Helicopter kompaniyasi (hozir Bell Textron deb nomlanadi) Eronda halokatga uchragan vertolyot haqida juda oz ma’lumotga egaligini The Washington Post gazetasiga ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter