Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron qonunchilari MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatishga doir hujjatni ma’qulladi

Eron qonunchilari MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatishga doir hujjatni ma’qulladi

Eron parlamenti Tehronning MAGATE bilan hamkorligini to‘xtatuvchi qonun loyihasini ma’qulladi.

Bu haqda mahalliy OAVlar mamlakat parlamenti matbuot kotibi Alirizo Salimiyga tayanib yozmoqda.

Ma’lumot uchun, Eron mazkur tashkilotga 1958-yildan buyon a’zo. Shu kunga qadar MAGATEdan chiqib ketgan yagona davlat KXDR bo‘lib, 20 yillik a’zolikdan so‘ng, 1994-yilda tashkilot bilan hamkorligini to‘xtatgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 iyun kuni MAGATE rahbari Rafael Grossi AQSh va Isroilning Eron yadroviy inshootlariga hujumidan so‘ng ayrim tuzilmalar ichida mahalliy radioaktiv va kimyoviy chiqindilar qayd etilgani, biroq bu inshootlardan tashqarida radiatsiya darajasi oshmaganini ma’lum qilgan edi.

Grossi, shuningdek, MAGATE bilan hamkorlikni qayta tiklash Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishmovchiliklarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi va agentlik inspektorlari ishlashga tayyorligini aytdi.

Manba: aa.com.tr

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring