Eron sport vaziri bir o‘limdan qoldi
Eron sport vaziri Hamid Sajodiyni olib uchgan vertolyot Baft shahrida qo‘nish payti avariyaga uchradi. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar berdi.
Vazir tirik, hayoti uchun xavf yo‘q. Olgan yengil jarohatlarini davolash uchun shifoxonaga yetkazilgan. Uning sheriklari — jarohat olgan boshqa yo‘lovchilar ham shifoxonada.
Yuqoridagi suratdan ko‘rinib turibdiki, vertolyot stadionga qo‘nayotgan bo‘lgan, nimadir yuz berib, yonboshi bilan qulagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter