Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron uranni 60 foizgacha boyitishni boshladi

Eron uranni 60 foizgacha boyitishni boshladi

Foto: «Fokus»

Eronning Fordo yadroviy obyektida uranni 60 foizgacha boyitishga kirishildi. Bu haqda ISNA davlat agentligi xabar berdi.

MAGATE boshqaruvchilar kengashi Eronga qarshi rezolyusiya qabul qilishiga forslar shunday javob berishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, rezolyusiya loyihasini AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya tayyorlagan.

Shuningdek, Natanzda IR-2m va IR-4 sentrifugalarining kaskadi qo‘llanilmoqda. Shu paytgacha ushbu obyektda Eron uranni 5 foizgacha boyitardi, deyiladi MAGATE ma’lumotlarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring