Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda suv toshqini qurbonlari soni 12 kishiga yetdi

Eronda suv toshqini qurbonlari soni 12 kishiga yetdi

Foto: «Yandex.uz»

Eronda mavsumiy toshqinlar qurbonlari soni 12 kishiga yetdi, 21 kishi jarohatlandi, ikki kishi bedarak ketdi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

«Ma’lumotlarga ko‘ra, jami 11 ta provinsiyada ayni vaqtga kelib 21 kishi jarohatlangan, ikki kishi bedarak ketgan, 12 kishi esa hayotdan ko‘z yumgan», — deya xabar berdi Eron Tez yordam matbuot xizmati.

Mart-aprelda odatda Eronda yog‘ingarchilik ko‘payib, mamlakatning turli joylarida sel va toshqinlarni keltirib chiqaradi. O‘tgan bir necha kun davomida quygan jala mamlakatning 11 ta provinsiyasida suv toshqinlariga sabab bo‘lgan (Eronda jami 31 ta provinsiya bor).

O‘tgan yili mart-aprel oylarida suv toshqinlari Eron provinsiyalarining qariyb yarmida jiddiy vayronagarchiliklarni keltirib chiqarib, 70 kishining umriga zomin bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring