Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronga vaqtincha rahbar tayinlandi. Alirizo Arafiy kim?

Eronga vaqtincha rahbar tayinlandi. Alirizo Arafiy kim?

Alirizo Arafiy Eron rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Reuters xabar berdi. 

67 yoshli Alirizo Arafiy boshqaruv kengashi a’zosi etib tayinlandi, unga vaqtincha oliy rahbar vazifasini bajarish topshirildi. U prezident Mas’ud Pezeshkiyon va Oliy sud raisi Golamhossein Mohseni Ejei bilan birga boshqaruv kengashi tarkibiga kiradi.

Arafiy davlat idoralarida tajribaga ega ruhoniy, shuningdek, Xomanaiyning ishonchli vakili. Tayinlovga qadar u Ekspertlar assambleyasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan va nufuzli Posbonlar kengashi a’zosi bo‘lgan, shuningdek, Eron diniy ta’lim muassasalari tizimini boshqargan. 

Eslatib o‘tamiz, bugun rasman avvalgi rahbar Ali Xomanaiyning halok bo‘lgani tasdiqlandi. Eronni vaqtinchalik prezident va sud hokimiyati rahbaridan iborat kengash boshqarishi ma’lum qilindi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring