Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erzurum FIS Snoubord Jahon kubogiga mezbonlik qiladi (fotoreportaj)

Erzurum FIS Snoubord Jahon kubogiga mezbonlik qiladi (fotoreportaj)

Turkiya xalqaro musobaqalar orqali sport turizmidagi mavqeini mustahkamlamoqda. Xususan, Erzurum shahri 2026 yil 6–8 mart kunlari Palando‘ken chang‘i markazida o‘tkaziladigan FIS Snoubord bo‘yicha Jahon kubogiga puxta hozirlik ko‘rmoqda. Unda 20 davlatdan 300 ga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Erzurumning nufuzi xalqaro miqyosda tan olingan: shahar 2025 yil uchun Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti tomonidan Turizm poytaxti, ACES tomonidan esa ilk Yevropa qishki sport poytaxti deb e’lon qilingan. Shuningdek, 2026 yil 12–15 fevral kunlari Palando‘kenda an’anaviy Frozen festivali yettinchi bor tashkil etiladi.

Sport tadbirlaridan tashqari, Erzurum boy tabiati va tarixiy merosi bilan ham sayyohlarni jalb etadi. Shaharda Tortum sharsharasi, Narman peri bajalari va Ispirdagi Yedi ko‘llar kabi tabiat mo‘’jizalari, shuningdek, Ulu jome, Ikki minorali madrasa va Uch Kumbet kabi qadimiy obidalar mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring