Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Evroittifoq hududiga qariyb 4,3 mln ukrainalik qochib o‘tgan – Yevrostat

Evroittifoq hududiga qariyb 4,3 mln ukrainalik qochib o‘tgan – Yevrostat

2023-yil 30-noyabr holatiga ko‘ra, Rossiya bosqinidan so‘ng Ukrainani tark etgan 4,27 million fuqaro Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida vaqtincha himoya ostida yashamoqda. Bu haqda Yevroittifoq statistika tashkiloti ma’lum qilmoqda.

Ukrainadan kelgan qochoqlarning asosiy qabul qiluvchilari – Germaniya (1 235 960 kishi, YeI hududidagi jami ukrainaliklarning 28,9 foizi), Polsha (955 110 kishi, 22,3 foiz) va Chexiya (369 330 kishi, 8,6 foiz) davlatlari bo‘lib turibdi.

2023-yilning oktyabri oxirlari bilan taqqoslaganda, qochoqlar kirib kelishining eng katta o‘sishi Germaniya (20 595 kishi), Chexiya (4 880 kishi) va Norvegiya (4 180 kishi) davlatlarida, kamayish esa Polsha (510 kishi), Italiya (160 kishi), Fransiya (125 kishi) va Lyuksemburg (15 kishi) davlatlarida kuzatilgan.

Ma’lumot uchun, Yevropa Kengashi 2022-yil 4-martda Rossiya-Ukraina urushi tufayli Ukrainadan ko‘chirilganlarga vaqtinchalik himoyalangan maqomini berishga doir qarorni qabul qilgan edi. Kengashning 2023 yil 28 sentyabrdagi yig‘ilishida mazkur qarorning amal qilish muddati 2024-yil 4-martdan 2025-yil 4-martigacha uzaytirishga kelishib olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring