Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevrokomissiya rahbari Isroilni qo‘llagani uchun diplomatlarning jahli chiqdi

Yevrokomissiya rahbari Isroilni qo‘llagani uchun diplomatlarning jahli chiqdi

Foto: Reuters

Yevropa Ittifoqining ayrim mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Yevrokomissiya rahbaridan norozi — Ursula fon der Lyayen Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan suhbatda yahudiy davlatini qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Bu haqda Politico o‘z manbalariga asoslanib yozdi.

YeIga a’zo davlatlardan birining TIV rahbari ta’kidlashicha, o‘zini mudofaa qilish huquqi va boshqa mamlakatga nisbatan harbiy harakatlar boshlash — butunlay boshqa-boshqa tushunchalar. Yana bir diplomat esa fon der Lyayenni «yakka yugurish»da aybladi, negaki, boshqa mamlakatlarning pozitsiyalarini muhokama qilmasdan Isroilni qo‘llab-quvvatlash qarori chiqarilgan.

YeIning faqat 10–15 mamlakati yahudiy davlati bilan birdamligini bildirgan (tashkilot a’zolari jami 27 ta), qarashlar o‘rtasida katta jarlik borligi ko‘rinib turibdi.

Ta’kidlanishicha, Yevroittifoq bosh diplomati (YeI Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti) Kaya Kallas ham Ursula fon der Lyayenning o‘zini mudofaa qilish haqidagi pozitsiyasini qo‘llamagan va nizoni muzokaralar yo‘li bilan hal etishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, 13-iyunga o‘tar kechasi Isroil Eronning yadroviy va harbiy obyektlariga hujum boshlagan edi. O‘z navbatida, Eron ham Isroilga raketalarda javob berishga kirishdi. O‘rtada ikki mamlakatning oddiy aholisi jabrini tortmoqda.

Isroil-Eron urushi davom etmoqda...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring