Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa Ittifoqi HAMAS rahbarini terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi

Yevropa Ittifoqi HAMAS rahbarini terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi

Yevropa Ittifoqi kengashi HAMAS harakatining siyosiy rahbari Yahyo Sinvarga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda tashkilot saytida chop etilgan bayonotda aytiladi.

Qayd etilishicha, Kengash HAMAS yetakchisini terrorchilar ro‘yxatiga kiritishga qaror qilgan. Sinvarning Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardagi barcha mablag‘lari va aktivlari muzlatib qo‘yiladi, shuningdek, operatorlarga uni iqtisodiy resurslar va mablag‘lar bilan ta’minlash taqiqlanadi.

Hujjatga ko‘ra, sanksiya cheklovlari 16-yanvardan kuchga kiradi.

Yevropa kengashi bu qarorga 7-oktyabr voqealarini sabab qilib keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, 7-oktyabrdan boshlangan keskinlik oqibatida 25 mingga yaqin G‘azoning tinch aholisi o‘limiga sabab bo‘ldi. Isroilning misli ko‘rilmagan vayronkor zarbalari sabab JAR uni Xalqaro sudga berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring