Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Evropa Ittifoqi: Isroil Falastin yerlarini qaytarishi shart

Evropa Ittifoqi: Isroil Falastin yerlarini qaytarishi shart

Foto: Anadolu Ajansı

Yevropa Ittifoqi Isroilning Falastin hududlari ustidan suverenitetini tan olmaydi va o‘z pozitsiyasida qat’iy qoladi. Bu haqda 25-fevral kuni Bryusselda o‘tgan brifingda YeI diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning rasmiy vakili Anvar al-Anuniy ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Yevroittifoq Isroilning 1967-yildan beri bosib olingan hududlar ustidan suverenitetini tan olmaydi. Bu bayonot Isroilning Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘ida nazoratni kuchaytirish va ko‘chirish siyosatiga javoban berildi.

Al-Anuniy Isroilning aholi punktlarini kengaytirishi BMT Xavfsizlik Kengashining 2334-rezolyusiyasiga zid ekanini eslatdi. Ushbu hujjat qurilishlarni xalqaro huquq buzilishi deb baholaydi va uni zudlik bilan to‘xtatishni talab qiladi. YeI bunday harakatlar «ikki davlat» tamoyili asosidagi tinchlik istiqbollariga putur yetkazadi deb hisoblaydi.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ham aholi punktlari kengayishi fonida Isroilga nisbatan cheklov choralarini qo‘llashni taklif qilgan. «Bu choralar hali ham kun tartibida turibdi», — deya qo‘shimcha qildi al-Anuniy.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring