Yevropa Ittifoqi Ukrainaga dronlar va raketalar uchun 3,3 mlrd yevro ajratdi
Yevropa Komissiyasi (YeK) Ukrainaga dronlar va raketalar sotib olish uchun qo‘shimcha 3,3 milliard yevro ajratmoqda. Bu haqda komissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi. Bu avval tasdiqlangan 90 milliard yevrolik kreditning bir qismidir.
"Yevropa Ukrainaga o‘z xalqi va hududini himoya qilish uchun zarur yordamni ko‘rsatishda davom etadi", deyiladi Yevropa Komissiyasi veb-saytida chop etilgan press-relizda.
Bu Ukrainaga 2026-2027-yillardagi kredit bo‘yicha to‘rtinchi to‘lovdir. Ushbu summaning 60 milliard yevrosi mudofaaga, yana 30 milliard yevrosi esa budjet yordamiga yo‘naltiriladi. Moliyaviy yordam paketi standart shartlardan beshta istisnoni o‘z ichiga oladi: uchtasi Ukrainada ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchish apparatlari va komponentlariga, ikkitasi esa Amerika uskunalariga (shu jumladan, PAC-3 raketalariga) tegishli.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter