Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropada taqiqlangan ba’zi narsalar biz uchun odatiy va zavqli

Yevropada taqiqlangan  ba’zi narsalar biz uchun odatiy va zavqli

foto:shutterstock.com

Biz uchun chig‘anoqlarni yig‘ish, kaptarlarga ovqat berish yoki qishda qorni yumaloqlab otish zavqli ish yoki o‘yin. Lekin aytaylik, Yevropada shunga o‘xshash harakatlarni amalga oshirsak nima bo‘ladi, hech o‘ylab ko‘rganmisiz?  Hatto jarimaga tortilishingiz mumkinligini-chi?

Tabiiyki, hatto eng kutilmagan taqiqlarning ham o‘z asosi mavjud.

Qorni yumaloqlab otish mumkin  (mi?)

Bolalar bir-biri bilan o‘ynayotganda qo‘rqinchli narsa nima? Masalan qishda qorbo‘ron o‘ynash keng tarqalgan va eng qiziqarli o‘yin. Ammo bu belgiyaliklar uchun emas. Bu yerda qor juda keng tarqalgan hodisa emas va har qanday qor kommunal xizmatlar va transport uchun katta yukdir.

Bolalarga qordan zavqlanishga ham ruxsat berilmaydi. Rasmiylarga ko‘ra, qor to‘pi toshdan farq qilmaydi va o‘yinning o‘zi zo‘ravonlikning namoyonidir.

Foto: YanLev / Shutterstock

Shuning uchun, agar siz Belgiyada qorni koptok qilib biror kishiga otsangiz siz jamoat tinchligini buzuvchi deb hisoblanasiz va 100 yevro jarima to‘lashga tayyor turing.

Lyupin gulmi o‘tmi?

Lyupin, gul hisoblanadi. Ammo ko‘plab bog‘bonlar lyupinni begona o‘t deb biladi va o‘z bog‘laridan yulib tashlashga harakat qilishadi. Chunki Lyupin juda tez ko‘payadi va boshqa o‘simliklarni siqib chiqaradi. Ammo bizda bu o‘simliklarga taqiq yo‘q. Norvegiyada esa bu gullarni yo‘l chetiga ekish taqiqlanadi. Bundan tashqari, ko‘plab mahalliy jamoalar ham bu go‘zal gullarga qarshi.

Lyupin bu yerga tuproqni barqarorlashtirish uchun XIX asrda olib kelingan,   ammo nimadir noto‘g‘ri ketdi.  Bu gul mahalliy o‘simliklarni siqib chiqara boshladi, flora siyraklashdi, ekotizim zarar ko‘rdi.

Kabutarlarni boqish-chi?

Venetsiyada kabutarlarga ovqat berish taqiqlanadi. Sababi ovqatga o‘rgangan kabutarlar shaharga joylashib oladi: ko‘chalarni, yodgorliklarni ifloslantiradi, keyin hammasini tozalash kerak bo‘ladi.

Va suv, reaktivlar ta’siri natijasida madaniy merosga zarar yetadi. Shunga o‘xshash taqiq Singapurda ham amal qiladi.

Aytgancha, Venada ham kaptarlarni boqish taqiqlangan. Ammo u yerda bu taqiq qushlarga g‘amxo‘rlik qilishning zararli oqibati bilan tavsiflanadi. Ya’ni qushlar noto‘g‘ri narsa iste’mol qilib kasal bo‘lib qolishi mumkin.

Poshnali poyabzalda yurish...

Ushbu taqiq Gretsiyada amal qiladi. To‘g‘ri, hamma joyda emas, faqat tarixiy joylarda. Ya’ni, siz qanchalik xohlasangiz ham, qadimiy xarobalar bo‘ylab poshnali poyabzalda yurish mumkin emas. Ya’ni poyabzalning o‘tkir poshnasi tarixiy toshli yo‘laklarga juda kuchli bosim o‘tkazib, zarar yetkazishi mumkin deb hisoblanadi.

Qum qal’alarini qurish

Ispaniyada Magaluf plyajida (Mallorkada) qirg‘oqda qumli qal’alar qurish taqiqlanadi. Va Italiyaning Eraklea hududida ham. Taqiq  qutqaruvchilarning ishiga xalaqit berishi mumkinligi bilan izohlanadi. Va umuman, ular ko‘rinishni buzadilar.

Cho‘milish kiyimi

 Xorvatiya, Italiya va Ispaniyada plyajdan tashqarida cho‘milish kiyimida yurishga taqiq qo‘yilgan.  Mehmonxonadan plyajga bir necha yuz metr masofani suzish libosida bosib o‘tganingiz uchun jarima 120 yevrogacha.

Chig‘anoq...

Xo‘sh, chig‘anoqlarni yig‘ish taqiqlari ko‘plab mamlakatlarda amal qiladi. Buning sababi shundaki, agar hamma chig‘anoq qobig‘ini olib ketsa, kelajakda hech narsa qolmaydi.

Va siz qanday taqiqlarni qo‘llab-quvvatlaysiz? Qaysi biri g‘alati deb o‘ylaysiz?  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring