Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropadagi soxta pullarning chorak qismini yasagan italiyalik qo‘lga olindi

Yevropadagi soxta pullarning chorak qismini yasagan italiyalik qo‘lga olindi

Foto: Italiya politsiyasi

Italiyada Yevropadagi barcha qalbaki yevrolarning to‘rtdan bir qismini yolg‘iz o‘zi bosib chiqargan qalbaki pul yasovchi qo‘lga olindi.

Garajdagi relslar ustiga qurilgan soxta devor ortida 31 ta raqamli bosma mashinadan iborat tipografiya yashiringani ma’lumi bo‘ldi.

Politsiya jami qiymati 3 million yevroga teng 20, 50 va 100 yevrolik qalbaki banknotalarni topdi. Yana 8 million yevro esa butun Yevropa bo‘ylab, asosan Fransiya orqali sotib yuborilgan. Yevropa markaziy bankining bildirishicha, qalbaki pullar shunchalik sifatliki, hatto ulardagi gologrammalar ham xuddi haqiqiydek ko‘rinadi. Qalbaki kupyuralar 10 ta davlatda aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring