Evropaning eng boy davlati aniqlandi — har bir oilaning qo‘shimcha 300 ming dollar puli bor
Daniya — oilalarning moliyaviy aktivlari kattaligi bo‘yicha Yevropaning eng boy davlati. Ushbu mamlakat Milliy banki hisobotiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich har bir oila uchun o‘rtacha 1,88 million Daniya kronasi ($300 ming)ni tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun: moliyaviy aktivlar — oilaning daromad manbalari. Bu aktivlardan oilaning hayotiy ehtiyojiga zarar yetkazmasdan foydalanish mumkin. Oilaning moliyaviy aktivlari: jamg‘armalar, investitsiyalar va g‘azna (ijaraga beriladigan yoki boshqa turda daromad ketirishi mumkin bo‘lgan ko‘chmas mulk va boshqa mulklar).
Shuning barobarida, Daniyada yashovchilarning qarzlari ham qo‘shnilarinikidan ko‘proq. Bular asosan (86 foiz atrofida) ko‘chmas mulk garovga qo‘yilgan bank va ipoteka qarzdorliklari.
Umuman olganda esa, daniyaliklarning moliyaviy ko‘rsatkichlari Yevropa ittifoqidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan salkam uch baravar yaxshiroq.
Kamiga 2021-yilning birinchi choragida daniyaliklarning boyligi yanayam o‘sdi — kishi boshiga o‘rtacha 24 ming Daniya kronasi ($3,8 ming) qo‘shilgan.
Farovon oilalar ro‘yxatida ikkinchi mamlakat — Niderlandiya. Keyingi o‘rinlarda Lyuksemburg va Shvetsiya.
Ushbu tadqiqot Yevropa ittifoqining eng kambag‘al davlatini ham aniqlab berdi — Ruminiya. Bu mamlakatda yashovchi oilalarning jamg‘armasi (yoki qo‘shimcha mulki) qiymati o‘rtacha $12,7 mingni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter