Falastinning yangi bosh vaziri ma’lum bo‘ldi
Falastin prezidenti Mahmud Abbos sobiq bosh vazir o‘rinbosari va Falastin sarmoya jamg‘armasi raisi Muhammad Mustafoni yangi bosh vazir etib tayinladi.
Prezident farmoniga ko‘ra, u yangi hukumatni shakllantirishi kerak.
Falastinning yangi Bosh vaziri etib tayinlangan Mustafo Jahon banki va Falastin ma’muriyati muassasalarida, jumladan, Falastin sarmoya fondida turli lavozimlarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 26-fevral kuni Falastin prezidenti Abbos bosh vazir Muhammad Ishtiy hukumati iste’fosini qabul qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter