Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda tajriba tariqasida faqat ayollardan iborat politsiya bo‘limi tashkil etildi

Qozog‘istonda tajriba tariqasida faqat ayollardan iborat politsiya bo‘limi tashkil etildi

Qozog‘istonda so‘nggi ikki yilda ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha inspektorlar soni ikki baravar ko‘paygan. Bu haqda Qozog‘iston Majlisi raisi Erlan Koshanov Markaziy Osiyo mamlakatlari ayollari muloqoti xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi.

«Ba’zida ayolni faqat ayol tushunadi. Shu bois ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik jinoyatlarini tergov qilishda ayol tergovchi kasbini joriy qildik», dedi spiker.

Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha tergov guruhlariga 280 nafar ayol tergovchi kiritilgan.

«Qozog‘istonda birinchi marta tajriba rejimida faqat ayollardan iborat politsiya bo‘limi tashkil etildi. Endi ayollar o‘z muammolari bilan bunday bo‘limlarga bemalol kelishi va himoya so‘rashi mumkin. Yaqin kelajakda bu tajriba butun mamlakat bo‘ylab yoyiladi», dedi Koshanov.

Bundan tashqari, spiker nafaqat zo‘ravonlik oqibatlari bilan kurashish, balki uning ehtimolini oldini olish zarurligini ta’kidladi.

«Oilada erkakning to‘liq hukmronligi haqidagi noto‘g‘ri g‘oya o‘tmishda qolishi kerak. Yosh avlod ongiga maktabdan to‘g‘ri qadriyatlarni singdirish kerak. Aholida huquqiy madaniyatni shakllantirish kerak. Maishiy vandalizmning har qanday ko‘rinishlariga murosasiz bo‘lish kerak», degan u.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring