Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fermerlar apelsinlarni tekinga tarqatishmoqda — Portugaliya

Fermerlar apelsinlarni tekinga tarqatishmoqda — Portugaliya

Foto: Focused Collection

Portugaliya janubidagi Algarve hududida fermerlar xaridor yo‘qligidan o‘z mahsulotlarini tekinga tarqatishga majbur bo‘lishmoqda. Taklif talabdan oshib ketishiga Rossiyaga qo‘llangan sanksiyalar sabab bo‘lgani aytilmoqda.

«Bunday holatga birinchi marta duch kelishim, juda achinarli. Apelsinlarni odamlarga tarqatyapman. Keling, istaganingizcha oling», — dedi fermer Kushtodiu Ruyvu.

Uning aytishicha, ming tonna apelsindan 150 tonnasini sota olgan. U hech bo‘lmaganda, xarajatni qisqartirish uchun barcha istovchilarni hosilni o‘zlari yig‘ib olishga chaqirgan.

Fermerning ta’kidlashicha, garchi ayrim hamkasblari kechki apelsin daromadidan umid qilishayotgan bo‘lsa-da, bu yilgi mavsum boy berilgan ko‘rinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring