Filippinda korrupsiyaga qarshi isyon ko‘tarildi

Filippinda ommaviy norozilik namoyishlari avjiga chiqdi: shov-shuvli korrupsiya mojarosi tufayli ko‘chalarga chiqqan minglab odamlar hukumat binolarini vayron qilishga kirishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, suv toshqinlaridan jabr ko‘rganlarga ajratilgan mablag‘lar yeb ketilgan — toshqin oqibatlari bilan hech kim shug‘ullanmadi, pullar esa g‘oyib bo‘lgan. Bunga talabalar va jamoatchilik jim qarab tura olmadi.
Namoyishlar tez orada to‘qnashuvlarga aylanib ketdi: olomon mashina shinalarni yoqib, tosh va shishalarni uloqtira boshladi. To‘qnashuvlar oqibatida 40 nafarga yaqin politsiyachi jarohatlangan, 17 kishi qo‘lga olingan.
The Guardian yozishicha, budjetdan 17,6 milliard dollar yo‘qolgan, moliya vaziri esa korrupsiya infratuzilma mablag‘larining 70 foizini «yeb qo‘yayotgani» haqida avvalroq bayonot bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter