Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Financial Times» dunyoning eng boy kishilari o‘rtasidagi asosiy farqni «topdi»

«Financial Times» dunyoning eng boy kishilari o‘rtasidagi asosiy farqni «topdi»

Foto: BBC

Pandemiya fonida rossiyalik milliarderlarning boyligiga boylik qo‘shilmoqda. «Financial Times» hisob-kitoblariga ko‘ra, endilikda rus milliarderlarining jami boyligi Rossiya yalpi ichki mahsuloti (YaIM)ning 35 foiziga tenglashgan.

Nashr yozishicha, 2020-yil yakunida rus milliarderlarining boyligi YaIM hajmiga nisbatan naq 10 foizga o‘sgan.

«Zalvorli milliarderlar» ro‘yxatida Rossiya — dunyoda mutlaq yetakchi. Ikinchi o‘rinda — Shvetsiya (YaIMga nisbatan 30 foiz). Uchinchi — Hindiston (YaIMga nisbatan 20 foiz atrofida). Xalqi koronavirusga qarshi jon olib berayotgan ushbu mamlakat eng boy kishilarining milliy iqtisodiyotga solishtirma ulushi (boyligi) pandemiya davrida yaxshigina o‘sgan.

Yetakchi beshlikda YaIMga nisbatan 19 va 17 foizlik boylikka ega amerikalik va fransiyalik milliarderlar ham bor.

Nashr dunyoning eng boy kishilari boyliklarini YaIMga nisbatan ham solishtirib chiqdi. Masalan, dunyoning boy kishisi — «Amazon» asoschisi Jef Bezosning $177 milliardlik boyligi AQSh YaIMning bir foizini ham tashkil etmaydi — 0,8 foiz atrofida. Ruslarning eng boyi —«Severstal» rahbari Aleksey Mordashov esa Rossiya YaIMning 1,7 foiziga teng boylikka ega — $29 mlrd.

«FT» biznes-elitalarning sifatiga ham to‘xtalib, «yaxshi» va «yomon»larga ajratib chiqqan. Nashr talqinicha, Rossiyada «yomon» oligarxlar «an’anaga xos tarzda» ko‘pligicha qolmoqda: jami milliarderlarning 60 foizi. Biroq bu jihatda jihatda yetakchilik Meksikada — 75 foiz.

Nashr xulosasiga ko‘ra, 2020-yilda jahonda milliarderlar soni misli ko‘rilmagan darajada ko‘paygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring