Finlyandiya ertaga rasman NATOga qabul qilinadi
Finlyandiya ertaga, 4-aprel kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATOga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida rasman alyansning 31-a’zosi deb e’lon qilinadi.
Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi.
Finlyandiya prezidenti administratsiyasi ham mazkur xabarni tasdiqlagan. Qo‘shimcha chilinishicha, mamlakat prezidenti Sauli Ninistiyo NATOning rasmiy tadbirida ishtirok etish uchun Bryusselga tashrif buyuradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter