Finlyandiya Rossiya bilan chegarani to‘liq yopishga qaror qildi
Finlyandiya qochoqlar masalasi sabab Rossiya bilan chegaradagi barcha chegara o‘tish punktlarini ikki haftaga yopishga qaror qildi.
Bu haqda Yle nashri mamlakat hukumati qaroriga asoslanib ma’lumot berdi. Yuk tashuvchilar uchun chegara ochiqligicha qoladi.
Shu tariqa, mamlakat shimolida faoliyat yuritayotgan yagona «Raya-Jooseppi» nazorat-o‘tkazish punkti ham yopiladi.
«Rossiya bu vaziyatga sabab bo‘ldi va faqat u holatga chek qo‘yishi mumkin», deydi Bosh vazir Petteri Orpo.
Finlyandiya Ichki ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasi bilan chegarani butunlay yopish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqqani ma’lum bo‘lgandi.
Ilk bor 16-noyabr kuni Petteri Orpo qochqinlar bilan bog‘liq vaziyat tufayli Rossiya bilan chegaradagi to‘rtta chegara punkti yopilganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter