Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya Afrikaga qo‘shin tashlashga shaylanmoqda — WSJ

Fransiya Afrikaga qo‘shin tashlashga shaylanmoqda — WSJ

Foto: French Army/AP

Fransiyada Afrika mamlakatlaridan biriga jo‘nash uchun «minglab» harbiy xizmatchilar shay turibdi. Bu haqda Amerikaning The Wall Street Journal nashri o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Mali, Burkina-Faso va Niger rasmiylari «fransuz harbiylariga chiqish eshiklarini ko‘rsatganidan so‘ng» Fransiya mintaqadagi «harbiy pozitsiyasi»ni qayta ko‘rib chiqmoqda.

Nomlari sir tutilgan fransuz amaldorlariga ko‘ra, Parij Gabon, Senegal, Kot-d’Ivuar va Chaddagi o‘z harbiy bazalariga harbiy yo‘riqchilarini jo‘natishni boshlagan. Fransiya Afrika mamlakatlarining ishlariga aralashishda davom etadi, faqat mintaqaning ichki jarayonlaridagi ishtirokini «ko‘zdan pana» qilmoqchi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida AQSh Niger poytaxti Niameydan harbiy bazasini olib chiqishni yakunlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring