Fransiya Falastinni rasman tan olishga yaqin — Axios

Fransiya kelgusi oyda Falastinni rasman tan olishi mumkin, hozir buning uchun imkoniyatlar o‘rganilmoqda, deb xabar berdi Axios.
Ma’lum qilinishicha, iyunda Fransiya-Saudiya Arabistoni anjumani o‘tkaziladi. Tomonlar ikki davlat masalasini muhokama qilishadi va Fransiya Falastinni rasman tan olganini e’lon qiladi, deb yozdi nashr.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter