Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya chegarani ochayotgan Italiyadan norozi

Fransiya chegarani ochayotgan Italiyadan norozi

Foto: «Forsquare.com»

Italiya hukumati chegaralarni rasman 3 iyundan ochish to‘g‘risida bir tomonlama qaror qabul qilgani Yevroittifoqning birdamlik g‘oyalariga ziddir, dedi Fransiya ichki ishlar vaziri Kristof Kastaner. Bu haqda «Figaro» yozmoqda.

Kastaner ta’kidlaydiki, koronavirus infeksiyasini tashib o‘tmaslik va epidemiyaning ikkinchi to‘lqinini hosil qilmaslik uchun YeIga a’zo mamlakatlar bamaslahat, birgalikda harakat qilishlari shart. U bu masalani hamkasbi — Italiya IIV rahbari Luchano Lamorjeze bilan muhokama qilmoqchi.

Yaqindagina koronavirus pandemiyasidan eng ko‘p aziyat chekayotgan mamlakat sanalgan Italiya endi chegaralarini ochmoqchi. Koronavirus sekin-asta nazoratga olinyapti. Keyinroq mamlakat hukumati xalqaro aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi ham ehtimoldan xoli emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring