Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya osmonida uchib yurgan g‘alati ob’yekt kameraga tushib qoldi

Fransiya osmonida uchib yurgan g‘alati ob’yekt kameraga tushib qoldi

Fransiya osmonida sirli anomal hodisa qayd etildi va bu holatni olimlar ham tushuntira olmadilar. Bu haqda Britaniyaning Express nashri ma’lum qilmoqda.

Voqea shu yilning 9-noyabr kuni kechqurun yuz bergan. Tunda osmonda to‘satdan to‘q sariq rangli va porlab turgan silindrsimon ob’yekt paydo bo‘lgan, bir oz vaqt o‘tgach, to‘satdan g‘oyib bo‘lgan.

Sirli hodisani Fransiyaning O‘rta yer dengizi sohilida joylashgan  bir qancha shaharlarining aholisi kuzatgan.

«Guvohlarning ta’kidlashicha, ob’yektning havoda aylanib yurgandek tuyulgan aql bovar qilmaydigan burilishlari va tezligi uning shar, samolyot yoki sun’iy yo‘ldosh emasligini isbotlaydi», — deyiladi nashr e’lon qilgan xabarda.

Mutaxassislar Fransiya osmonidagi NUJlar, samolyot yoki sun’iy yo‘ldosh bo‘lishi mumkinligiga shubha qilishmoqda. U juda yuqori tezlikni va ro‘yxatdagi havo transport vositalariga xos bo‘lmagan juda chalkash parvoz yo‘lini namoyish etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring