Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya konstitutsiyaviy kengashi pensiya islohotini ma’qulladi

Fransiya konstitutsiyaviy kengashi pensiya islohotini ma’qulladi

Fransiya konstitutsiyaviy kengashi mamlakatda pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga ko‘tarishni ma’qulladi, deya xabar bermoqda BFMTV organ qaroriga asoslanib.

Xabar qilinishicha, kengash qonun loyihasining boshqa qator moddalarini rad etgan. Gap 55 yoshdan oshgan fuqarolarni ishga olishdan bosh tortgan korxonalar uchun jarima solishni nazarda tutuvchi band haqida bormoqda.

Kengash pensiya yoshini oshirishni taqiqlash bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi so‘rovlarni rad etgan.

Avval xabar qilinganidek, Fransiya Konstitutsiyaviy kengashi ushbu qonun loyihasini to‘liq ma’qullashi mumkin. Bunday holda, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron ikki hafta ichida qonunni rasman e’lon qilib, imzolashi kerak.

Avvalroq Fransiya Senati ham pensiya islohotlarini ma’qullagandi. 

Eslatib o‘tamiz, pensiya islohoti natijasida mamlakatda bir necha oydan beri namoyishlar tinmayapti. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring