Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiya rossiyalik boylarning aktivlarini muzlatib qo‘ydi

Fransiya rossiyalik boylarning aktivlarini muzlatib qo‘ydi

Fransiya rasmiylari sanksiyalar qo‘llanilganligi sababli rossiyalik boylarning qariyb 850 million yevrolik mulki va aktivlarini muzlatib qo‘ydi, deb xabar bermoqda TF1 telekanali.

Shundan 150 millioni bank hisobvaraqlarida muzlatilgan, yana 539 millioni bir necha o‘nlab ko‘chmas mulk ob’yektlari, 150 millioni ikkita yaxta qiymatidir. Fransiya moliya vaziri Bruno Le Merning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘lar va ob’yektlar rasman musodara qilinmagan, ammo egalari vaqtincha ularni tasarruf etishga haqli emas.

Le Merning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida Rossiya Markaziy bankining Fransiyadagi muzlatilgan aktivlari hajmi taxminan 22 milliard yevroni tashkil qilgan.

Bloomberg agentligining 19 mart kuni xabar berishicha, YeI davlatlari rasmiylari sanksiyalar ostida qolgan yirik rossiyalik tadbirkorlarning aktivlaridan Ukrainani tiklashni moliyalashtirish uchun foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring