Fransiya va Jazoir munosabatlarida keskinlik

Fransiyada Jazoirlik siyosiy shaxsning o‘g‘irlanishi ortidan ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik bosim keskin kuchaydi.
Joriy yilning 15-aprel kuni Fransiya 12 nafar Jazoirlik diplomatni mamlakatdan chiqarishini e’lon qildi. Bu esa Jazoirning xuddi shuncha fransuz rasmiylarini chiqarib yuborish haqidagi qaroriga javob tariqasida qilindi.
Shunigdek, Fransiya prokuraturasi Jazoir konsulxonasi xodimi bo‘lgan uch nafar shaxsga nisbatan jinoiy ish ochgani ma’lum qilindi. Ular 2024-yil aprel oyida Parijning chekka hududida Jazoirlik muxolifatchi va inflyuenser Amir Buxorsning o‘g‘irlanishiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Biroq bu voqea ortida Fransiya va Jazoir o‘rtasidagi kengroq tarixiy va geosiyosiy muammolar ham yashiringan deyilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter