Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyada karantin paytida bobosining uyida o‘ynab yurgan bolakaylar oltin topib olishdi

Fransiyada karantin paytida bobosining uyida o‘ynab yurgan bolakaylar oltin topib olishdi

Foto: «bfmtv.com»

Fransiyaning markaziy Luar vodiysida karantinni bobosining uyida o‘tkazishga kelgan bolalar eski choyshablar orasidan qiymati 100 ming yevroga teng ikki kilo oltin yombi topib olishdi, deya xabar berdi «BFMTV» telekanali.

Uyda izolyasiya vaqtini tezroq o‘tkazish uchun chamasi 10 yoshlardagi bolalar choyshablardan uy qurishga tushadi.

«Otasi ularga kirilmaydigan xonadagi buvisining choyshablarini olishini aytadi. Bolalar choyshablar orasidan og‘ir buyumlarni topib olishadi», — deya xabar berdi telekanal.

Ular topilmaga unchalik qiziqishmaydi va joyiga qo‘yishadi. Oradan bir necha soat o‘tgach bu haqda otasiga so‘zlab berishadi. Oila boshlig‘i xonada marhum buvisining yoqtirgan oshxona jihozlari borligini bilardi. Biroq ularning o‘rnida har biri 1 kilodan tosh bosadigan ikkita oltin quymaga ko‘zi tushadi.

Karantin tugagandan so‘ng oila ekspertga uchradi. Mutaxassis quymalar chindan ham oltin ekanligini tasdiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, oltin yombilar 1967-yilda xarid qilingan ekan.

Ayni vaqtda oila oltinlarni kimoshdi savdosida sotishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U 16-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Savdo komissari Filipp Ruyakning so‘zlariga ko‘ra, oltin yombi yil boshida 43 ming yevroga baholangan bo‘lsa, hozir ularning narxi 52 ming yevrogacha oshgan. Iyunda oltin qiymati taxminan 54 ming yevrogacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring